AsosiyDunyo

Yaponiyada mashhur animasion studiyaga qasddan o`t qo`yildi (Video)

'Yaponiyada mashhur animasion studiyaga qasddan o`t qo`yildi (Video)'ning rasmi

Yaponiyadagi eng mashhur animasion studiyalardan biriga qasddan o`t qo`yilishi oqibatida 23 nafar odam halok bo`ldi.

NHK telekanali tarqatgan xabarlarga ko`ra, 41 yoshli erkak kishi Kyoto Animation studiyasi binosiga kirib, tez alanga oluvchi suyuqlikni sepib o`t qo`yib yuborgan.Shundan so`ng binoda yong`in boshlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, alanga tez orada binoning katta qismini qamrab olgan. Bu vaqtda studiya binosida kamida 70 nafar xodim bo`lganligi aytilmoqda. Yong`inni bartaraf etish ishlariga 30 ta o`t o`chirish brigadasi jalb etilgan.

Hodisa oqibatida 40 yaqin kishi jarohat olgan, ularning aksariyati shifoxonalarda qolmoqda. Polisiya binoga qasddan o`t qo`ygan shaxsni qo`lga olgan. Uning nima sababdan bu ishni amalga oshirgani hozircha noma`lum. Mamlakat bosh vaziri Sinzo Abe halok bo`lganlarning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi. 1981 yilda asos solingan Kyoto Animation studiyasi televizion seriallar ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi.


Boshqa yangiliklar