Му5
50

Mudofaa vazirligining ishchi guruhi Chirchiqdagi harbiy qismda bo`ldi

Jamiyat 19.07.2019, 11:58
473
Mudofaa vazirligining ishchi guruhi Chirchiqdagi harbiy qismda bo`ldi

Mudofaa vazirining buyrug`iga asosan Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik Farhod Shermatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent harbiy okrugining Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurdi.

Unda ishchi guruh tomonidan harbiy xizmatchilarning ma`naviy-ma`rifiy salohiyati, oilaviy ahvoli: farzandlarining bog`cha va maktablarda ta`lim-tarbiya olishi borasidagi muammolari atroflicha o`rganildi, ma`lum kamchiliklar bartaraf etildi.

– Tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar oila a`zolarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini o`rganish orqali, tadbirkorlikni keng targ`ib etish va bu borada ma`lum imtiyozlarga ega bo`lishlarida ko`maklashish bo`yicha zarur maslahatlar berdik, – deydi Mudofaa vazirligi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bilan ishlash bo`yicha etakchi mutaxassis Zulfiya Mansurova – Chichriq shahridagi maktabgacha ta`lim muassasalari va umumta`lim maktablarida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar farzandlariga yaratib berilgan imkoniyatlar, ularning ta`til vaqtlarini unumli o`tkazish maqsadida qilingan chora-tadbirlar o`rganildi.

Ishchi guruh tomonidan guruh, vzvod, batalon va harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosarlarining faoliyati tadqiq etildi. Shaxsiy tarkib axloqiy-ruhiy ta`minotining barqarorligida ular tomonidan olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar salmog`i o`rganildi; zarur qo`shimcha va bu borada takliflar kiritildi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilar hamda serjantlarning ma`naviy-ma`rifiy va psixologik bilimlari test orqali sinaldi. Bunda harbiy xizmatchilar o`quv yili davomida o`zlashtirib kelayotgan bilimlariga tayandilar.

Eslatib o`tamiz, mazkur o`rganish ishlari 21 iyulga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Шарҳлар