Долзарб мавзулар Foto

Toshkentda ilk marotaba Kushon xazinasi namoyish etiladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.07.2019, 12:34

Ma`lumki, 2019 yil 26 avgustda Samarqandda «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi» Xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi. Ushbu voqea oldidan «O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» Meros haftaligi bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida «Kushon xazinalari» noyob ko`rgazmasi o`tkaziladi.

Ushbu katta ekspozisiya Toshkentda, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida namoyish etiladi. Xalqaro olimlarning ko`psonli iltimosiga ko`ra, eramizning I asri boshida O`rta Osiyo hududida qad rostlagan jumboqli, kam o`rganilgan va qachonlardir qudratli bo`lgan Kushon imperiyasining noyob artefaktlarni mustaqillik yillari davomida ilk bora ko`rgazmaga qo`yish rejalashtirilmoqda.

Ko`rgazmaning eksklyuziv, o`ziga xos jihati – Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa shahri qazishmalarida topilgan afsonaviy «Dalvarzin xazinasi» namoyishi bo`ladi. 1972 yilda E. Rtveladze rahbarligidagi bir guruh arxeologlar qazishmalar paytida eramizning I asriga tegishli 36 kilogrammga yaqin og`irlikdagi, hudud tarixida eng yirik tilla buyumlar xazinasini topdi. Hozirgi kungacha mazkur noyob xazina davlat jamg`armalarida saqlanib, avval ko`rgazmada sira namoyish etilmagandi.

Ko`rgazmaning eng kamyob eksponatlari orasida – oltin pektoral (yol), Geraklning tasviri tushirilgan gemma, ko`krak usti tilla bezaklari, hayvon tasvirli tilla ko`krak nishoni, eramizdan avvalgi III – IV asrda Shimoliy Hindiston va O`rta Osiyo janubi (Baqtriya, So`g`diyona)da keng tarqalgan kxaroshtxi yozuvi bitilgan noyob oltin chorqirra qayroqtosh va ko`pgina boshqa buyumlar bor.

O`zbekistonning turli muzeylaridagi Kushon davriga aloqador eksponatlari birinchi marta yagona ekspozisiyada namoyish etiladi.

Ko`rgazma doirasida «Kushon podsholigi xazinalari» kitob-albomi va shu nomdagi hujjatli film taqdimoti ham bo`lib o`tadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA