Bektemir tumani Ohangaron va Husayn Boyqaro ko`chalari kesishmasidagi “Suvsoz” aylanmasida ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hudud ko`kalamzorlashtirildi va aholining dam olishi uchun o`rindiqlar o`rnatildi, veloyo`lak tashkil etildi. Aylanma markaziga milliy g`urur va iftixorimiz ramzi bo`lgan 35 metrli davlat bayrog`i o`rnatildi.
Bunday tadbirlar natijasida aholining sayr qilib, madaniy hordiq chiqaradigan maskanlari ko`payib, shahrimiz yanada ko`rkamlashib bormoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.