Долзарб мавзулар Foto

Ormuz bo`g`ozidagi qarama-qarshilik

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 20.07.2019, 12:18

Eron hukumati xorijiy davlatga tegishli bo`lgan tankerning qo`lga olinish jarayoni aks etga video tasvirlarni namoyish etdi, deya xabar berdi Ria.ru nashri.

Rasmiy Tehronning ta`kidlashicha, tanker kontrabanda yoqilg`i olib ketayotgan bo`lgan. Qo`lga olish operasiyasi Ormuz bo`g`ozida Larak oroli yaqinida Eron Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi tomonidan amalga oshirilgan. Hozircha Tehron tanker qaysi davlatga tegishli ekanini ma`lum qilmagan. Biroq video tasvirlarda neft tankeri nomi Riah ekanini ko`rish mumkin. Bu yakshanba kuni yo`qolib qolgan Birlashgan Arab Amirliklariga tegishli bo`lgan tankerdir. Uning bortida 12 nafar dengizchi borligi avval xabar qilingan edi. Vashington Tehronni mintaqada kemalarning xavfsiz harakatlanish qoidalarini buzayotganlikda ayblab, darhol tankerni ozod qilishni talab etdi. Mazkur voqealar fonida AQShning Boxer harbiy kemasi aynan Ormuz bo`g`ozida Eronga tegishli uchuvchisiz qurilmani urib tushirdi. Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp ma`lum qildi. Uning aytishicha, uchuvchisiz qurilma bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, kema va uning ekipaji uchun xavfli bo`lgan masofaga qadar yaqinlashgan shundan so`ng unga qarata o`t ochilgan. Hozirda Eron tomoni ushbu xabarni tasdiqlamadi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Javdad Zarif ushbu ma`lumot o`rganilayotgani ta`kidladi.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA