Му5
50

Go`dakda nima ayb?

Jinoyat 20.07.2019, 20:42
1406
Go`dakda nima ayb?

Fuqaro A.S.V qizi Sayxunobod tumanida yashovchi fuqaro A.M.D. o`g`li bilan yaqin ishqiy munosabatda bo`lib kelganligi natijasida 13.06.2019 yilda A.R ismli qiz farzandi tug`ilgan. 2019 yil 13 iyul kuni taxminan soat 15-30 larda qizi A.R.ni otasi M.A.D.o`g`liga olib borib, bolani o`zi boqib olishini aytib tashlab ketgan. Oradan vaqt o`tgan farzandini qaytarib olish uchun borganida A.M.D.o`g`li farzandini yo`qligi aytganligi sababli tuman ichki ishlar bo`limiga qizini topishda yordam berishni so`rab ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur ariza bo`yicha o`tkazilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida fuqaro A.M.D o`g`li bolasi borligidan ota-onasi xabar topishidan qo`rqib, bir oylik go`dak bolasidan qutulish maqsadida uni qo`shni qishloqdagi biror bir fuqaroni uyiga tashlab kelish uchun mahallasidagi zovur ustidan o`tgan gaz trubasidan o`tayotganida go`dakni zovurga tushirib yuborganligini, keyin uni zovur ichidan suv aralash balchiqdan olib chiqib, zovur chetiga tashlab ustini xas-xashaklar bilan yopib uyiga qaytib ketganligi bildirgan.

Tekshirish jarayonida tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra voyaga etmagan A.R.ning o`limi nafas yo`llarining balchiq suv aralashmalari bilan berkilishidan hosil bo`lgan mexanik asfiksiya natijasida sodir bo`lganligi qayd qilingan.

Mazkur holat yuzasidan A.M.D.o`g`liga nisbatan Sayxunobod tuman prokurori tomonidan 14.07.2019 yilda jinoyat ishi qo`zg`atilgan va u gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat prokurorining birinchi o`rinbosari O.B.Qo`ldoshev tomonidan Sayxunobod tumani sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla fuqarolar yig`ini raislari, faollar, Turon mahallasi aholisi va jamoatchilik ishtirokida mazkur jinoyatning kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama qilinib, bunday jinoyatlarning oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Viloyat prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog`i

Шарҳлар