Долзарб мавзулар Foto

Yakkabog`da hokim o`rinbosari nega yoqib yuborildi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 23.07.2019, 14:38

Ko`ngilni xira qiladigan voqea tafsilotlarini Bosh prokuratura “Darakchi” tahririyatiga ma`lum qildi...

Ijtimoiy tarmoqlarda “Diqqat! Videoda ko`ngilni xira qiladigan tasvirlar bor!” degan ogohlantirish yozilgan video tarqaldi. Videoda buldozer kabinasi ichidan tushayotgan odamning tanasi yonayotgani va uni odamlar o`rab turgani tasvirlangan. Videoda qoldirilgan izohga ko`ra, Qashqadaryoning Yakkabog` tumanida binosi “snos”ga tushgan tadbirkor hokim o`rinbosari ustiga benzin sepib yoqib yuborgan. Bosh prokuratura mazkur videodagi tasvirlarga oydinlik kiritdi.

– 2019 yil 20 iyul kuni soat 17:30 larda Yakkabog` tumani hokimi o`rinbosari M.T. (1976 y.t.) “Hisor Sarlochin” MChJga tegishli savdo do`konlarini buzish ishlarini tashkillashtirgan. O`sha vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro B.I. (1963 y.t.) o`ziga tegishli savdo do`konini buzilishiga faol qarshilik ko`rsatgan. Ya`ni Yakkabog` tumani hokimi o`rinbosari M.T.ning yuz qismiga elim idishda bo`lgan benzin yoqilg`isini sepib, uni yoqib yuborgan. Oqibatda, M.T. tanasining 35-40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan hamda tegishli prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA