AsosiyDunyo

BMT bosh kotibi hammani global iqlim o`zgarishiga yo`l qo`ymaslikka chaqirdi (Video)

'BMT bosh kotibi hammani global iqlim o`zgarishiga yo`l qo`ymaslikka chaqirdi (Video)'ning rasmi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterish xalqaro hamjamiyatni global iqlim o`zgarishi jarayonlarining ortga qaytarib bo`lmas xolatiga yo`l qo`ymaslikka va bunga erishish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Iqlimshunoslar ayni damda Grenlandiyada muzliklar va qorlar rekord ko`rsatkichlarda eriyotgani haqida bong urishmoqda. Faqatgina iyul oyining o`zida 197 mlrd.tonna suv orol muz qalqonidan dunyo okeaniga erib tushgan. Buning natijasida dunyo okeanining suv sathi yarim millimetrga qadar ko`tarildi.

So`nggi oylarda Evropaga kirib kelgan jazirama issiq Arktika va Grenlandiyada haroratning 15- darajaga ko`tarilib, ketishiga sabab bo`ldi. Ekspertlar Shimoliy muz okeanida muz qatlamining minimal darajaga qadar tushib ketganini qayd etishdi. Muzliklarning shiddat bilan erishi, Evropadagi anomal jazirama va Sibirdagi o`rmon yong`inlari iqlim o`zgarishi jarayonlarining yorqin isboti sifatida e`tirof etilmoqda.


Boshqa yangiliklar