AsosiyDunyo

Yaponiya va Janubiy Koreya savdo urushi yoqasida (Video)

'Yaponiya va Janubiy Koreya savdo urushi yoqasida (Video)'ning rasmi

Osiyoning ikki iqtisodiy giganti Yaponiya va Janubiy Koreya to`laqonli savdo urushi yoqasida turibdi. Ekspertlarning fikricha, ikki davlat o`rtasidagi mojaro Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga salbiy ta`sir etishi haqida ogohlantirishmoqda. Bu haqda Euronews.com. nashri xabar berdi.

Ayni damda Yaponiya hukumati Janubiy Koreyani yuqori texnologiyali mahsulotlar va texnologiyalarning o`zini erkin sotib oluvchi davlatlar ro`yxatidan chiqarib yubordi. Bundan avvalroq esa Tokio yarim o`tkazgichlar ishlab chiqarish uchun zurur bo`lgan qator kimyoviy komponentlarning eksportiga bir tomonlama cheklov joriy etgan edi. Buning rasmiy sababi sifatida Yaponiya hukumati Janubiy Koreyani ayrim mahsulotlarni Shimoliy Koreyaga etkazib berayotganlikda gumon qilyapti. Biroq ekspertlar bu shunchaki bahona ekanligi Seul va Tokio o`rtasidagi kelishmovchilik ancha oldin boshlangani ta`kidlashmoqda.

Joriy yilda Janubiy Koreya sudi Nihon Steel, Fujikoshi Corporation va Mitsui Havy Industries kabi yirik yapon kompaniyalarini Ikkinchi jahon urushi davrida koreys fuqarolarini majburiy mehnatga jalb etgani va buning uchun ularning oila a`zolariga kompensasiya to`lashi zarurligi to`g`risida hukm chiqargan edi. Bu esa rasmiy Tokio noroziligiga sabab bo`lmoqda. Ushbu mojaroda kim haq ekanligini aytish mushkul, biroq iqtisodchilar ikki tomon savdo munosabatlarining keskinlashuvi nafaqat Yaponiya va Janubiy Koreya iqtisodiyotida katta yo`qotishlarga balki butun Osiyo mintaqasi iqtisodiga jiddiy ta`sir etishi haqida aytishmoqda.

Boshqa yangiliklar