Kecha, 6 avgust Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlanganiga 74 yil to`ldi. Mamlakatda ushbu dahshatli fojia qurbonlarni xotirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Yuz minglab begunoh insonlar umriga zomin bo`lgan ushbu fojia oradan shuncha vaqt o`tgan bo`lishga qaramasdan mamlakatda chuqur qayg`u bilan yodga olinadi. Fojia qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida butun mamlakatda bir daqiqalik sukut saqlandi. Tadbirlar an`anaga ko`ra shahar markazidagi Tinchlik bog`ida bo`lib o`tdi. Unda dunyoning 95 davlatidan vakillar ishtirok etishdi.Tadbirda mamlakat bosh vaziri Sinzo Abe nutq so`zlab, dunyoda tinchlikni saqlashning naqadar ahamiyatli ekaniga alohida to`xtalib o`tdi.
"Biz atom bombardirovkasini boshdan o`tkazgan yagona davlatmiz. Bu kabi fojianing boshqa hech qachon takrorlanmasligi uchun barcha ishni qilishimiz zarur. Bu bizning davlatimizning asosiy va o`zgarmas maqsadidir. Biz yadro qurolidan xoli dunyoni yaratish borasidagi ishlarimizni davom ettirishimiz zarur, deya takidladi u. Xirosimaga tashlangan atom bombasining portlashi natijasida bir kunning o`zida 70 mingdan 100 mingga qadar inson halok bo`lgan. Bu ko`rsatkich yil sayin ortib bormoqda. O`tgan yili ushbu hujum oqibatida halok bo`lganlarning soni ikki ming kishiga ortib, umumiy hisobda 314 mingga borib etdi".