AsosiyDunyo

Qobul g`arbida kuchli portlash ro`y berdi (Video)

'Qobul g`arbida kuchli portlash ro`y berdi (Video)'ning rasmi

Tolo News telekanali xabariga ko`ra, Afg`oniston poytaxtida ro`y bergan portlash natijasida 18 kishi halok bo`ldi, yana yuzdan ortiq kishi esa yaralandi.

Xudkush terrorchi shahar g`arbida joylashgan polisiya mahkamasi oldida avtomobilda o`zini portlatib yuborgan. Portlash tonggi tig`iz payt ko`chada odamlar gavjum bo`lganda ro`y berishi oqibatida yaralanganlar soni ko`pchilikni tashkil etgan. Jabrlanganlar orasida ayollar va bolalar ham borligi aytilmoqda. Terrrorchilik uchun javobgarlikni “Tolibon” guruhi o`z zimmasiga oldi.


Boshqa yangiliklar