Долзарб мавзулар Foto

Devor orasidagi yashirin tarmoq

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 08.08.2019, 11:57

Majburiy ijro byurosi Chust tumani bo`limi tomonidan o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida elektr energiyasi tarmoqlariga o`g`rincha ulanib, foydalanish holatlarini fosh etmoqdalar.

Jumladan, tumandagi “Varzigon” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi xonadonlarning birida elektr energiyasidan foydalanish qonuniyligi va to`lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan o`tkazilgan tadbirda noqonuniy holat oshkor bo`ldi.

Aniqlanishicha, xonadon egasi T.Hasanov go`yoki hech kim bilmaydi yoki ko`rmaydi, deb elektr hisoblagichdan tashqari devor orasidan yashirin tarmoq tortib foydalanib kelgan. Olib borilgan tezkor o`rganish jarayonida iste`molchining bu qilmishi oshkor bo`lib, yuzi shuvut bo`ldi.

Ushbu harakati bilan fuqaro o`g`rincha elektr energiya tarmoqlaridan foydalanishi tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 31536 kVt soat elektr energiyasi, 7.884.000 so`m zarar etkazadi.

Fuqaro amaldagi MJtK ning 101-moddasida nazarda tutgan huquqbuzarlik sodir etib, eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA