Му5
48

Toshkentda ilk bor ikki qadimiy Qur`on qo`lyozmalari namoyish etiladi

Moziydan sado 12.08.2019, 11:39
1431
Toshkentda ilk bor ikki qadimiy Qur`on qo`lyozmalari namoyish etiladi

«O`zbekiston – buyuk yo`llar va tamaddunlar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar» madaniy meros haftaligi qatnashchilari 23 avgustda Islom svilizasiyasi markaziga tashrif buyuradilar. Shu jumladan, O`zbekiston Musulmonlari idorasiga tashrif davomida dunyodagi ilk Qur`on qo`lyozmalari – Usmon Qur`oni, Katta Langar Qur`oni nusxalarini ko`rishga muvaffaq bo`ladilar.

Usmon Qur`oni tug`ilmagan buzoq terisiga bitilgan bo`lib, muqaddas kitobning ilk qo`lyozmasi sanaladi. Barcha musulmon olami vakillari uchun tabarruk bo`lgan nodir qo`lyozmani ko`rish uchun har yili Toshkentga dunyoning turli mamlakatlaridan minglab taqvodorlar hamda sayyohlar tashrif buyurmoqda.

Mashhur Katta Langar Qur`oni ham islom dini va barcha musulmonlar uchun katta olamshumul ahamiyatga ega. Bu qadimiy kitob butun insoniyatning merosi hisoblanuvchi madaniy va tarixiy boyliklar qatoriga kiritilgan.

Ekspertlarning fikricha, Katta Langar Qur`oni qo`lyozmasining umumiy hajmi 206 sahifa bo`lib, bugungi kungacha undan deyarli yarmi – 97 ta sahifasi saqlanib qolgan. Qur`on sahifalarining 81 varag`i Rossiyaga borib qolgan va hozirda Rossiya fanlar akademiyasining Qo`lyozmalar institutida saqlanmoqda. So`nggi ma`luotlarga ko`ra qo`lyozmaning 16 varag`i O`zbekistonda saqlanmoqda. Ayni vaqtda bu nodir qo`lyozmaning qolgan sahifalari taqdiri noma`lumligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan O`zEOAVMA «Sevimli TV» telekanali hamda VVS o`zbek xizmati bilan hamkorlikda afsonaviy Qur`onning yo`qolgan sahifalarini izlab topishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda. Bu borada “Katta Langar Qur`oni afsona va haqiqatlar” mavzusida davomli hujjatli filmlar seriali ham tasvirga olindi. Uning tasvirga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog`ida hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida olib borildi. Film lavhalari Qur`on sahifalarining asosiy qismi qanday qilib Sankt-Peterburgga borib qolgani bilan bog`liq tarixiy haqiqatlarni ochib beradi. Shu jumladan, bu hujjatli filmda Arablar qishlog`ida yashovchi oqsoqollar va mahalliy aholi xotiralari, Katta Langar Qur`oni bilan bog`liq afsona va haqiqatlar hikoya qilinadi.

Loyiha doirasida 30 ta 15 daqiqalik film tasvirga olingan. Bu film joriy yil Ramazon oyida «Sevimli» telekanalida va “Bi-Bi-Si” o`zbek xizmati veb-saytlarida tomoshabinlar e`tiboriga havola qilindi. Aynan shu filmning umumlashtirilgan talqini madaniy meros haftaligi ishtirokchilariga ham namoyish etiladi.

Madaniy meros haftaligining yana bir yorqin lahzasi

Joriy yilning 26 avgust kuni Samarqand shahrida YuNESKO shafeligida"Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi" deb nomlangan xalqaro konferensiya arafasida bo`lib o`tadigan “O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar”deb nomlangan madaniy meros haftaligining ahamiyatli va yorqin tadbirlaridan biri –ishtirokchilarning Toshkentda barpo etilayotgan Islom sivilizasiyasi markaziga tashrifi hisoblanadi.

Madaniy meros haftaligining 40 dan ziyod davlatdan kelgan ishtirokchilar, shu jumladan dunyoga mashhur olimlarning hali qurilishi davom etayotgan ob`ektga tashrifi uyushtirilishi bejiz emas.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyun “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O`zbekistondagi islom sivilizasiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-3080-son qarori talabidan kelib chiqib poytaxtimizda qurilayotgan mazkur markaz ulug` ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma`rifat dunyosini hayratga solib kelayotgan ilmiy meros, u faqat bir millat yoki xalqniki emas, balki butun insoniyatning ma`naviy mulki hisoblanadi. Bu bebaho boylik yangi avlodlar uchun donishmandlik va ilm manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin bo`lib xizmat qilishi shubhasizdir.

Ajoyib markaz keyinchalik yangilanayotgan O`zbekistonning yuzi, obro`si sifatida omamalashadi . Shu sababli uni qurish jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallariga alohida e`tibor qaratilmoqda. Markaz qurilish odatiy andoza va loyihalardan voz kechgan holda, yangi shakllar va yangi dizayn asosida olib borilmoqda.

Islom sivilizasiyasi markazi o`z mohiyatiga ko`ra Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Markazining yangi binosi va ilmiy majmuaning qurilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga binoan 2017 yil dekabr oyida boshlangan.

Markaz oldiga qo`yilgan vazifalardan kelib chiqib, uning tarkibida akademiya, Islom san`ati muzeyi, mamlakatimizda va xorijda saqlanayotgan qadimgi noyob qo`lyozmalar, litografik kitoblar, buyuk allomalar va din arboblari qoldirgan tarixiy hujjatlar, shuningdek, ushbu yo`nalishdagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bilan boyitiladigan fond bo`lishi nazarda tutilgan.


Шарҳлар