Birinchi marotaba Xalqaro ahamiyatga ega M39 yo`lidagi “Zarafshon” avtomobil va temiryo`l ko`prigida Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida katta masshtabdagi tungi va kunduzgi o`quv mashg`ulotlari yakuniga etdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.
Markaziy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonining moddiy-texnik ta`minoti bo`yicha o`rinbosari rahbarligida o`tgan 3 bosqichdagi maxsus o`quv mashg`ulotlarning birinchi kuni “Zarafshon” temiryo`li ko`prigi yaqinida 300 metr masofada harakatdagi poezd shartli ravishda portlatildi. “Zarafshon-Jonboy” yo`nalishida 3711 km. PK9 nuqtasidagi juft yo`lda tungi soat 02.30 da sodir bo`lgan holatni o`rganish va tezkor choralar ko`rish maqsadida, IVV va FVVning tezkor guruhlari etib keldi. Qisqa fursat da xavf bartaraf etildi. Izdan chiqqan vagonni relsga qo`yish uchun 350 tonnali kran ishga tushdi. Yong`in o`chirildi. Yaradorlar qutqarilib, joy yana bir bor maxsus ko`rikdan o`tkazildi.
2 bosqichda tegishli Kuchishlatar tuzilmalarning tezkor bo`linmalari zimmasiga Xalqaro ahamiyatga ega M39 yo`ldagi “Zarafshon” avtomobil ko`prigiga o`rnatilgan minani zararsizlantirish hamda yo`q qilish vazifasi yuklatildi. Dastlab, minani o`rnatgan shaxslar joylashgan ob`ekt aniqlanib, ularni qo`lga olish bo`yicha yig`ma maxsus guruh tuzildi.
Yuzdan ortiq xavfli minalarni zararsizlantirgan “Jasorat” medali sohibi, Ichki ishlar vazirligi maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi otryad komandiri o`rinbosari podpolkovnik Jonibek Nurimov “Telegrop” rusumli roborti yordamida minalarni muzlatib qo`ydi. Ya`ni robort mashina orqali portlovchi vositaning ishchi holati to`xtatilib, yo`q qilindi.
Ushbu o`quv mashg`ulotlarning 3-bosqichi Samarqand harbiy harakatlar bo`limi tomonidan o`tkazilib, harbiy texnikalarni va moddiy vositalarni temiryo`l poezdiga yuklash va tashish kabi tadbirlarini o`z ichiga oldi.