Му5
4

Gresiyada o`rmon yong`ini davom etmoqda (Video)

Dunyo 14.08.2019, 17:12
Теглар: Video
685
Gresiyada o`rmon yong`ini davom etmoqda (Video)

Kattaligi jihatidan Gresiyaning ikkinchi eng yirik oroli Evbeeda o`rmon yong`inlari davom etmoqda. Yong`indan chiqayotgan quyuq tutun 110 km uzoqlikda joylashgan poytaxt Afina hududiga qadar etib keldi.

Ayni damda orolning markaziy qismida favqulodda holat tartibi e`lon qilingan. Bu erda qarag`ay o`rmonlar yonmoqda. Ayni damda alanga 11 kilometrdan ortiq hududga tarqalib ulgurgan. Hududda esayotgan o`zgaruvchan kuchli shamol esa vaziyatni yanada og`irlashtirmoqda. Hozirga qadar 4 ta qishloq aholisi evakuasiya qilingan. Alangani bartaraf etishga 200 dan ortiq o`t o`chiruvchilar, maxsus texnika va aviasiya jalb etilgan. Qurg`oqchil yoz oylarida Gresiya doimiy ravishda o`rmon yong`inlaridan aziyat chekadi. O`tgan yili iyul oyida ro`y bergan yong`inlar 100 nafardan ortiq inson umriga zomin bo`lgan edi.



Шарҳлар

"Qarshida ayollarni zo`rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!" (Video)

27.01.2020, 17:30

2020 yil 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning YouTube saytiga "Qarshida ayollarni zo`rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!"sarlavhali videotasvir joylashtirilganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIBB axborot xizmati...
Onkologiya markazidagi bemor bolalar Shavkat Mirziyoevni bir piyola choyga taklif qilishdi (Video)

27.01.2020, 16:33

Onkologiya markazida davolanayotgan jajji bolakaylar Shavkat Mirziyoevni bir piyola choyga taklif qilib, video murojaat yo`llashdi."Assalomu-alaykum, Shavkat Miromonovich! Men Ne`matilla Ilhomovichman. Bu erda hamma meni "Prezident",...
Qadimgi Misrda mumiyolangan kohin murdasi gapirtirildi (Video)

25.01.2020, 12:56

Bundan uch ming yil avval qadimgi Misrda mumiyolangan ruhoniydan g`alati ovoz chiqdi. Fir`avn Ramzes XI davrida yashagan Nesyamun kohinining ovozini London va York universitetlarining olimlari o`rgangan....
Endi Ozodbek Nazarbekov to`ylarda qo`shiq aytmaydimi? (Video)

23.01.2020, 16:09

Joriy yilning 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo`mitalarida yangi hukumat a`zoligiga nomzodlar ko`rib chiqilgan va muhokama qilingandi. Muhokamalar yakuniga ko`ra O`zbekiston xalq...