Му5
46

Yodju texnika institutiga Koreya respublikasi delegasiyasi tashrif buyurdi

Jamiyat 14.08.2019, 17:19
1328
Yodju texnika institutiga Koreya respublikasi delegasiyasi tashrif buyurdi

Bugun, 14 avgust kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga Koreya Respublikasi Demokratik partiyasi Xotin-qizlar Qo`mitasi vakillarining Bek Xe-ryon xonim boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi. Delegasiyaga Koreya Respublikasining O`zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi janob Kan Chje Kvonhamrohlik qildi. Mehmonlarni Institut rahbariyati, professor-o`qituvchilar va talabalar samimiy kutib olishdi.

Delegasiya a`zolari institutda tashkil etilgan Koreya madaniyat markazi, Qirol Sejong va Mirzo Ulug`bek innovasion tadqiqotlar Markazi, Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti hamda Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambleyasi (The National Assembly Library, Republic of Korea) bilan o`zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumi asosida tashkil etilgan maxsus elektron kutobxona faoliyati bilan tanishdilar. Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur elektron kutubxonada endilikda Institut talabalari O`zbekistonda ta`lim olish bilan bir vaqtda, Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambileyasida mavjud bo`lgan 650 mingga yaqin ingliz tilidagi, 300 ming ziyod yapon tilidagi va 200 mingdan ortiq boshqa chet tillardagi hamda 3 milliondan ortiq koreys tilidagi kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Shuningdek, tashrif davomida Delegasiya a`zolari va Institut professor-o`qituvchilari bilan kengaytirilgan tartibda maxsus uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Davlatlar o`rtasidagi ikki tomonlama keng ko`lamli ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik, gumanitar homiylik va texnik-texnologik rivojlanish borasidagi manfaatli hamkorlikni bundanda taraqqiy etishiga hamda madaniy sohadagi yaqinlikni yanada rivojlanishi borasidagi ko`plab masalalar bo`yicha o`zaro fikr almashishdi.

Delegasiya a`zolari uchun Institut rahbariyati nomidan maxsus tushlik dasturxoni tashkil etildi hamda mehmonlarga o`zbek milliy taomlari tortiq etildi.

Tashrif yakunida Koreya Respublikasi Demokratik partiyasi Xotin-qizlar Qo`mitasi raisasi Bek Xe-ryon xonim hamda Koreya Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kan Chje Kvon Institutning rasmiy mehmonlari uchun kitobiga o`z fikrlari va istaklarini bayon etib imzo qo`ydilar.

Шарҳлар