41

Donald Tramp Xitoy ma`muriyati oldiga yangi shart qo`ydi (Video)

Dunyo 16.08.2019, 11:53
Теги: Video
784
Donald Tramp Xitoy ma`muriyati oldiga yangi shart qo`ydi (Video)

Pekin Vashington bilan savdo kelishuviga erishmoqchi bo`lsa, Gonkongdagi vaziyatni zudlik bilan hal etishi zarur. Bu haqda Ntdtv.ru telekanali xabar berdi.

AQSh prezidenti bu haqda o`zining Tvitter sahifasida Xitoy rahbari Si Szinpinga qaratilgan post qoldirdi. “Bordi-yu, Si janoblari Gonkongdagi muammoni tez va insoniy yo`llar bilan hal etishni hoxlasa, u buni uddalaydi. Bunga mening hech qanday shubham yo`q”, deb ta`kidladi Donald Tramp. U shuningdek, Si Szinpin bilan shaxsan uchrashuvi mazkur muammoni echishga yordam berishini ma`lum qildi. Bir necha haftadan buyon Gonkongda ekstradisiya to`g`risidagi qonun loyihasini bekor qilishni talab etib, keng ko`lamli norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.

Shu bilan birga namoyishchilar erkin saylovlar, ko`proqdemokratik erkinliklar berilishini va Gonkong ma`muriyati rahbari Kerri Lam iste`fosini talab etishmoqda. Namoyishlar vaqtida polisiya bilan qaqshatg`ich to`qnashuvlar kuzatilmoqda. Hudud aholisi polisiya tomonidan haddan tashqari ko`p kuch ishlatilayotganidan shikoyat qilmoqda. AQSh davlat departamenti Gonkong chegarasi bo`ylab, Xitoy harbiy kuchlari joylashtirilayotganligi haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan “chuqur tashvishda” ekanligini ma`lum qilgan edi.


Комментарии

Turkiya harbiy kuchlari Suriya shimolida harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi (Video)

07.10.2019, 17:20

AQSh Suriya shimolidagi hududlardan o`z harbiylarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.Yaqin vaqt orasida Turkiya ushbu hududda kurd qurolli koalisiyasiga  qarshi keng ko`lamli...
«Shuncha tashkilot turganda ayol nega o`z muammosi bilan o`zi qolib ketishi kerak?» – Elmira Bositxonovaning bir ish kuniga nazar (Video)

05.10.2019, 14:23

Kun.uz vakillari «Rahbar bilan bir kun» loyihasi doirasida O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonovaning bir ish kuniga guvoh bo`ldi.Ma`lum bo`lishicha, qo`mita raisi...
Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor o`tkazilgan«Razvedka reydi» musobaqasi g`oliblari aniqlandi (Video)

05.10.2019, 11:43

Mudofaa vazirligi razvedkachilari o`rtasida ilk bor «Razvedka reydi» musobaqasi o`tkazildi. Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog`-dala o`quv maydonida razvedka bo`linmalari o`rtasida o`tkazilgan mazkur musobaqada vazirlikning barcha...
“Boylarga emas, yaxshi farzandlar tarbiyalagan onalarga havasim keladi!”

04.10.2019, 21:04

O`zbek qadriyati jahon sivilizasiyasida alohida maktab va bu maktabni asrab qolish faqatgina o`zbek davlati va xalqining o`z qo`lida, deb bilaman.Shaxslarning qiyofasini ularning salohiyati, iste`dodi, qalbi,...