42

Toshkentda portlash xavfi bo`lgan shubhali qutilar haqida IIBga tezkor xabar berildi

Jamiyat 16.08.2019, 13:09
748
Toshkentda portlash xavfi bo`lgan shubhali qutilar haqida IIBga tezkor xabar berildi

2019 yilning 15 avgust kuni kechqurunga yaqin vaqtda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati xodimlari Mirobod tumanining Mirobod ko`chasidagi ko`p qavatli uy oldida bir necha qog`oz qutilar yotganligini aniqlagan.

Shubhali ko`ringan qutilar haqida ular Mirobod tumani 2-sonli ichki ishlar bo`limiga xabar bergan.

Voqea joyiga etib kelgan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Portlash xavfi bo`lgan predmetlarni zararsizlantirish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari etib kelgan. Ular tomonidan qutilar tekshirilganda, ichi bo`sh qutilar ekanligi ma`lum bo`lgan.

Voqea joyida o`tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida qoldirib ketilgan qog`oz qutilar shu ko`chadagi uylardan birining birinchi qavatida joylashgan oyoq kiyimlar savdosi bilan shug`ullanuvchi do`kon xodimlari tomonidan qo`yib ketilganligi aniqlandi.

Ushbu voqea yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi rasmiy xabar berdi. Xabarda hech qanday vahimaga hojat yo`qligini, biroq aholidan har qanday sharoitda ham hushyorlikni yo`qotmaslik so`raldi.


Комментарии