Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta`minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksaltirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O`tgan qisqa davr mobaynida O`zbekiston dunyo hamjamiyatiga mustaqil davlat sifatida namoyon bo`ldi. Mustaqillik xalqning o`zligi, erkinligi demakdir.
Darhaqiqat, mustaqillik - bugun biz erishgan yuksak marralarga qanot bo`lgan kuch. Bugun yurtimizning har bir go`shasida bo`y ko`rsatib turgan ozod va obod Vatan manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir. Shu bois xalqimiz har yili eng ulug` va eng aziz bayramimizni o`zgacha shukuh, ko`tarinki kayfiyat bilan kutib oladi.
Bayram munosabati bilan Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona institutida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon!” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma`naviyat va Ma`rifat markazi huzuridagi “Ma`naviyat targ`ibotchisi” ta`lim muassasasi direktori Sh.To`raev o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Sh.To`raev o`z ma`ruzasida mamlakatimizning mustaqillik yo`lidagi harakatlari, shu davr ichida bosib o`tgan yo`li, ajdodlarimizning Vatan ozodligi yo`lidagi qahramonliklari, bugungi kunda xalq manfaati yo`lida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar to`g`risida to`xtalib o`tdi.
Tadbir davomida Mustaqillik biz uchun oliy ne`mat ekanligi va biz bugungi tinchlikning qadriga etib Vatanimiz ravnaqi yo`lida birdamlikda harakat qilishimiz, o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, xalqi va ona Vatani ravnaqi yo`lida xizmat qiladigan, fidoiy avlodni tarbiyalash mamlakatning kelajagini, taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ekanligi to`g`risida fikrlar bildirildi.