Долзарб мавзулар Foto

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va avtotashuvchilar diqqatiga!

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 17.08.2019, 21:25

Qozog`iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo`mitasi tomonidan ma`lum qilinishicha, 2019 yilning 16 iyulidan boshlab, Qozog`istonning “B.Konsbaeva” chegara-o`tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va avtotashuvchilar tovar va transport vositalarini olib o`tishda o`zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o`tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligi eslatib o`tilgan.

Ma`lumot uchun: Qozog`istonning “B.Konsbaeva” chegara-o`tkazish punkti Davlat bojxona qo`mitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara-o`tkazish punktiga tutash hisoblanadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA