41

Bizda “Halol” sertifikatlashtirish idorasi tuzildi

Jamiyat 18.08.2019, 00:52
266
Bizda “Halol” sertifikatlashtirish idorasi tuzildi

"O`zstandart" agentligi qoshida “Halol” sertifikatlashtirish idorasi tuzildi. Bu haqda "O`zstandart" agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida Standartlar instituti “Halol” standartlari sertifikatlashtirish milliy idorasini tashkil etdi.


Bundan keyin agentlik idora faoliyatini rivojlantirish maqsadida Malayziyaning “Halol” sertifikatlashtirish va akkreditasiya masalalarida ko`p yillik tajribaga ega “Islom taraqqiyot departamenti” (JAKIM), Indoneziyaning Ulamolar kengashi (MUI), Turkiyaning “Turk standartlari instituti” (TSE), Tailandning Chulalongkorn Universiteti qoshidagi “Halol” ilmiy markazi” kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo`lib o`tgan tadbirda aytildi.



Ma`lumot o`rnida.

“Halol” idorasi birinchi bosqichda faqatgina eksportga chiqariladigan mahsulotlar uchun hamda ziyorat turizmi (mehmonxona va ichidagi umumiy ovqatlanish maskani) doirasida faoliyat yuritadi. Keyinchalik esa bu faoliyat ko`lami yanada kengaytiriladi.

Комментарии