Долзарб мавзулар Foto

Farzandning ta`minotini kechiktirib bo`lmaydi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 19.08.2019, 17:15

Fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining 08.07.2016 yildagiqarzdor O.Husanovdan undiruvchi Z.Husanova foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun alimentundirish belgilangan.

Qarzdor O.Husanov bir necha marotaba davlat ijrochisining ogohlantirishiga qaramasdan, aliment pullarini to`lamaganligi oqibatida 01.08.2019 yil kuniga12807034 so`m alimentdan qarzdorligi vujudga kelgan.

Qarzdor tomonidan mazkur aliment pullarini to`lamaganligi O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 47-4-moddasining 1-qismi bilan huqubuzarlik sodir etilgan deb topilib, Buvayda tumani ma`muriy sudining qarori bilan unga nisbatan 15 (o`n besh) sutka ma`muriy qamoqjazosi tayinlandi.

Qaror chiqarilgan kunning ertasiga qarzdor O.Husanovning onasi Majburiy ijro byurosining Buvayda tumani bo`limiga kelib, 12800000. so`m aliment pullarini to`liq to`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA