Му5
46

Xashaklar ortida nima yashirilgan edi?

Jinoyat 20.08.2019, 15:24
876
Xashaklar ortida nima yashirilgan edi?

Bojxona to`lovlarini to`lashdan bo`yin tovlab, noqonuniy yo`llar bilan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimizga olib kirishga urinayotgan shaxslarning faoliyatiga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.R. boshqaruvidagi “Changan” rusumli yuk avtotransporti to`xtatilib, belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxs avtotransport yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 15 million so`mlik 6 dona “Avangard” nomli muzlatgichlarini xashaklar ortiga yashirib olib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар