Долзарб мавзулар Foto

Eksportyorlarga amaliy yordam ko`rsatilmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 21.08.2019, 13:30

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 12 va 14 avgust kunlari o`tkazilgan videoselektor yig`ilishlarida hududlarning eksport salohiyatini oshirish, bu borada tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam berish yuzasidan vazifalar belgilangan edi.

Bu bejiz emas, albatta. Chunki, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish orqali yurtimizga kiritiladigan valyuta tushumi ortadi, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot chiqarishga erishiladi, korxona iqtisodiy barqarorligi ta`minlanadi va eng muhimi, yurtimizda yangi ish o`rinlari yaratiladi, ishsizlik darajasi kamayadi. Dunyo tajribasi ham shunday – hech bir davlat import bilan rivojlanmaydi, eksport orqali jahon davlatlari orasida o`z o`rniga ega bo`ladi, iqtisodiyoti barqarorligiga erishadi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning Urgut tumanidagi eksportyor korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar bilan uchrashuvi ham ana shu mezondan kelib chiqib tashkil etildi.

Unda Camarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i E.Salixov va “Samarqand” TIF bojxona posti “Urgut” EIZ bojxona punktining katta inspektori T.Nazarovlar ham ishtirok etdi. Uchrashuvda davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko`maklashish va uni rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, eksportni qo`llab-quvvatlash milliy tizimi yaratilgani ta`kidlandi. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag`batlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yo`lga qo`yildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida Samarqand viloyatidan dunyoning 62 davlatiga tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eng yirik eksport hamkorlar qatorida Rossiya (27 foiz), Qozog`iston (11,6 foiz), Turkiya (8,2 foiz), Xitoy (7,1 foiz), Eron (5,9 foiz) hamda Afg`oniston (5,1 foiz) o`rin oldi. Shu va boshqa davlatlarga yil boshidan buyon 133,7 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Lekin bizda bu ko`rsatkichlarni yanada oshirish imkoniyati mavjud bo`la turib, bundan samarali foydalanmayotganimiz ham haqiqat. Ushbu uchrashuv bu borada yuzaga kelayotgan muammolarga echim topishda muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuvda 300 nafarga yaqin tadbirkor, eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etib, faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qildi.

Unda har bir masala viloyatdagi mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etilib, echim izlandi. Eksportbop mahsulotlar zahirasini ko`paytirish, eksport hajmini oshirish, kreditlar ajratish bo`yicha mas`ul mutasaddilarga aniq muddat bilan vazifalar yuklandi.

Albatta viloyatda eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlarga viloyat bojxona boshqarmasi ham amaliy ko`makdoshdir. Bu borada esa bojxonachilar tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlab, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida berilayotgan imtiyozlardan xabardor qilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirib kelishmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA