Долзарб мавзулар Foto

Prezident dunyoqarashini o`zgartirmagan sektor rahbarlarini tanqid qildi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 21.08.2019, 13:50

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog`istonni har tomonlama rivojlantirish bo`yicha yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi, shahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Barcha soha va hududlarda, jumladan, Qoraqalpog`istonda ham ijobiy sifat o`zgarishlari ta`minlanmoqda. Birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot 7,2 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 foizga, qurilish ishlari hajmi 45 foizga o`sgan.

Prezidentimiz hududda hali jiddiy muammolar ko`pligini, sanoatni rivojlantirish, ish o`rinlarini ko`paytirish bo`yicha ishlar etarli emasligini ta`kidladi.

- Bu erga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko`zini ko`rish uchun keldim, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Dunyoqarashini o`zgartirmagan sektor rahbarlari oyog`imizga kishan. Ishga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoshlarni kim etaklaydi, to`g`ri yo`nalish beradi? Mo`ynoq misolida ko`rdilaringiz. Odamlarning ko`zlarida «qilsa bo`lar ekan-ku» degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda shunday o`zgarishlar qilish kerak.

Birinchi yarim yillikda Qoraqalpog`istonda sanoat ishlab chiqarish hajmi atigi 0,5 foizga o`sgani, Taxtako`pir, Shumanay, Nukus, Chimboy, To`rtko`l, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yo`qligi tanqid qilindi. Xizmat ko`rsatish, tadbirkorlik rivoji ham sustligi ko`rsatib o`tildi.

- Oxirgi uch yil mobaynida tub islohotlar natijasida ko`plab sohalarni erkinlashtirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan cheklovlarni bekor qildik. Qoraqalpog`istonda ham har bir sektor rahbari cheklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, shior bilan ishlashi kerak, - deya ta`kidladi Prezident.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA