Долзарб мавзулар Foto

Qarzdor ota 37 oylik aliment o`rniga uyini bolasiga rasmiylashtirib berdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 22.08.2019, 16:16

Fuqarolik ishlari bo`yicha Nukus tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor B.Salievdan da`vogar L.Toreniyazovaning foydasiga 3 nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Lekin, sud qarori 2016 yil chiqqan bo`lsa-da, qarzdor ota tomonidan hozirgi kungacha bir tiyin ham aliment puli to`lanmagan.

Nega deysizmi? Gap shundaki, qarzdor ota allaqachon uyini berib bo`lgan edi. Byuro tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, 3 nafar farzandining ta]minoti uchun alimentdan qarzi o`tgan 37 oy uchun 36 881 563 so`mni tashkil etganligi xaqida ogohlantirish xatini olganida astoydil hayron qoldi.

Shundan keyin, Byuro davlat ijrochilarining bevosita sa`y-harakatlari hamda qarzdor otaning sobiq turmush o`rtog`i bilan o`zaro kelishuvi natijasida ota Nukus shahri 24-kichik tumanida joylashgan uyini bolasining nomiga rasmiylashtirib berdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA