41

O`zbekiston armiyasida bo`yi baland harbiylarga qanday imtiyozlar bor?

Jamiyat 22.08.2019, 18:39
746
O`zbekiston armiyasida bo`yi baland harbiylarga qanday imtiyozlar bor?

O`zbekiston armiyasida bo`yi 190 sm va undan baland bo`lgan harbiy xizmatchilar qo`shimcha oziq-ovqat payogi bilan ta`minlanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda DXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo`shma Qarorning 30-moddasida ushbu imtiyozning berilish shartlari ko`rsatib o`tilgan.

Unga ko`ra, harbiy vrachlar komissiyasi xulosasiga ko`ra, bo`yi 190 sm va undan yuqori bo`lgan harbiy xizmatchilarga qo`shin turiga qarab, beriladigan oziq-ovqat payogining 50% miqdorida qo`shimcha berilishi ko`zda tutilgan.

Oziq-ovqat payogi o`rnida beriladigan badal pullari ya`ni bir oyda eng kam ish haqqining 3 barobari (669000 so`m) miqdorda qo`shimcha payoksiz to`lab beriladi.

Комментарии