AsosiyJamiyat

ANDIJONDA VILOYaT KO`P TARMOQLI TIBBIYoT MARKAZIDA FUQARONING SODIR ETGAN JINOYaTI MUHOKAMA QILINDI

'ANDIJONDA VILOYaT KO`P TARMOQLI TIBBIYoT MARKAZIDA FUQARONING SODIR ETGAN JINOYaTI MUHOKAMA QILINDI'ning rasmi

Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Andijon viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazida Andijon shahar hokimligi, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Gumbaz mahalla fuqarolar yig`ini imom xatibi, mahalla faollari, oqsoqollari hamda fuqarolar ishtirokida 2019 yilning 21 avgust kuni tibbiyot markazida fuqaro F.Azimov tomonidan sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tgan. Unda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, hududlarda jinoyat sodir etilishi mumkin bo`lgan joylar hamda shaxslarni aniqlash, ular bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlarini olib borish va nazoratni kuchaytirish mavzusida so`z borgan. Dastlab Andijon IIOFMB boshlig`i S.Usmanov holat yuzasidan so`zga chiqqan.

Ma`lum qilinishicha, 21 avgust kuni soatXonabod shahar Taraqqiyot kuchasida yashovchi Fayzullo Azimov tibbiyot markaziga onasi Inobat Axmedovani bel qismidagi grijasini davolatish maqsadida olib kelgan. Ortopediya bo`limi mudiri Bobur Shavkatov kutib turishlarini aytib, 3-4 soat mobaynida xabar olmagan. E`tiborsizlikdan g`azablangan Fayzullo B.Shavkatovni xizmat xonasiga kirib, 2017 yilda onasini operasiya qilib yurmay qolishiga sababchi bo`lgani, Toshkentlik shifokorlarni olib kelib davolatishga va`da berib, aldaganini aytgan hamda va`dasini bajarmasa o`zi bilan olib kelgan benzinni xonasiga sepib, yoqib yuborishini aytib qo`rqitgan. Shu erda bo`lgan shifokorlar va fuqarolar tomonidan F.Azimov to`xtatib qolingan. Ayni kunda unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shundan so`ng so`zga chiqqanlar jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o`z fikr va mulohazalarini bildirishgan.

  • Yig`ilishda og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqqan holda jamoatchilik vakillarini rolini kuchaytirish, targ`ibot tashviqot ishlari kuchaytirish bo`yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, boshqa xududlarda takror sodir etilishini oldini olish maqsadida mahallalarda, koxona va tashkilotlarda jamoatchilik vakillari va faollari bilan uchrashuvlar o`tkazib, jinoyatlarni kelib chiqish sabablari va ularning oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borishga kelishib olindi. Bu borada vaqtincha ishsiz, spirtli ichimlik iste`mol qilib yurishga odatlangan, shubhali tarzda hayot kechirayotgan va jinoyat sodir etishga moyil bo`lgan shaxslarning turmush tarzi, yurish-turishi nazoratga olinib, profilaktik ishlarni kuchaytirish zarurligi uqtirildi, – deb xabar qildi Viloyat IIB matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar