Долзарб мавзулар Foto

Xalqaro kongress qatnashchilariga davlat rahbarining tabrigi o`qib eshittirildi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 26.08.2019, 11:57

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga ko`ra, Samarqandda dunyoning 40 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 300 ga yaqin taniqli sharqshunoslar – akademiklar, fan doktorlari, professorlar ishtirok etayotgan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiyasini Madaniyat vaziri o`rinbosari Kamola Oqilova olib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining xalqaro konferensiya qatnashchilariga yo`llagan tabrigini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov o`qib eshittirdi.

Ochilish marosimida so`zga chiqqan YuNESKO bosh direktori Adri Ozule O`zbekistonning qadim tarixga egaligi va boy madaniy merosini e`tirof etgan holda kelgusida bu boradagi hamkorlikni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi.

– O`zbekiston madaniy merosi dunyo madaniy merosining bir qismidir. Biz bu boradagi barcha hamkorlikni qo`llab-quvvatlaymiz, – dedi u.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA