Долзарб мавзулар Foto

“Yunesko”ning Livan qo`mitasi kengash a`zosi: “Bunday xalqaro konferensiya boshqa davlatlarda ham o`tkazilishi kerak”

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 26.08.2019, 14:04

Samarqandda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga ko`ra, O`zbekiston ilm-fan tarixida ilk marta “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiyasi o`z ishini boshlagan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiya qatnashchilarining muhokamalari davom etayotgani haqida xabar qilgandik. Shuningdek, unda ishtirok etayotgan olimlar mazkur xalqaro konferensiyaning nufuziga ham o`z munosabatlarini bildirishmoqda.

Xolid Tadmoriy, “Yunesko”ning Livan qo`mitasi kengash a`zosi, Livan universiteti o`qituvchisi, professor va arxitektor:

O`zbekistonga kelishni yoshlikdan orzu qilar edim, kech bo`lsa ham nasib etdi. Bu yurtga kelishga qiziqishimning boisi bu er juda qadimiy. O`zbekiston zaminida ulug` insonlar, avliyolar, mutafakkirlar mangu qo`nim topgan. Bu yurtning tarixiy merosi ham juda o`ziga xos va betakror. Bugun bu yurtning davlat rahbari tashabbusi bilan davlat va nodavlat tashkilotlar ishtirokida O`zbekistonning qadimiy go`shasi Samarqandda o`tayotgan xalqaro konferensiya butun dunyo olimlari ishtirokida ana shunday tarixiy madaniy merosni asrash va uni saqlashda hamjihatlikni ta`minlash maqsadida tashkil etilgani yanada quvonarli. Davalt rahbarining ayni shu masalaga alohida e`tibor qaratayotgani va buni davlat siyosati darajasiga ko`tarayotgani tahsinga sazovor. Men bunga havas qildim. Negaki bugungi kunda ko`plab mamlakatlarning tarixiy obidalari, madaniy meroslari nizoli urushlar, tabiiy ofatlar sabab yo`qolib borish xavfi ostida turibdi. Iroq, Afg`oniston, Suriya kabi mamlakatlardagi ahvol bunga yaqqol misol. Shu bois men O`zbekistonda tarixiy madaniy meros ob`ektlarini asrash va saqlash borasida davlat rahbaringizning olib borayotgan sa`y-harakatlarini, qilinayotgan ishlarni qo`llab-quvvatlayman va havas qilaman. Shuningdek, boshqa davlatlarda ham bunday xalqaro konferensiyalar o`tkazilishi tarafdoriman.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA