Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda Oskar mukofotiga arizalar qabul qilinishi boshlandi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 26.08.2019, 15:12

2019 yilning may oyida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan AQSh kinoakademiyasi ro`yxatdan o`tkazilgan O`zbekiston Oskar qo`mitasi 16 sentyabr kuni Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O`zbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomini e`lon qiladi.

O`zbekiston Oskar qo`mitasi Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O`zbekiston kinoijodkorlaridan arizalar qabul qilish boshlanganligini ma`lum qildi.

Arizalar joriy yilning 27 avgustidan 12 sentyabriga qadar O`zbekiston Oskar qo`mitasining koordinasion markazi hisoblangan O`zbekiston milliy kinokomissiyasida qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqich – kelib tushgan murojatlar 13-14 sentyabr kunlari Qo`mita tomonidan ko`rib chiqiladi. 16 sentyabr kuni AQSh kinoakademiyasi mukofoti uchun O`zbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomi rasman e`lon qilinadi.

Tanlovda faqatgina davomiyligi 40 daqiqadan kam va asosiy tili ingliz tili bo`lmagan badiiy to`liq metrajli filmlar ishtirok etishi mumkin.

Film kinoteatrlarda prokatga chiqishidan oldin, uni televideniyada yoki internetda namoyish qilish va DVD formatlarida tarqatish taqiqlanadi, lekin kinofestivallarda qatnashishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, nomzod film 2018 yilning 1 oktyabridan 2019 yil 30 sentyabriga qadar kamida 7 kun davomida kinoteatrlarda namoyish qilingan bo`lishi lozim.

92-Oskar mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2020 yil 9 fevralda Los-Anjeles shaxridagimashhur «Dolby» teatrida bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Oskar qo`mitasi tarkibi:

1.Furqat Zokirov–«O`zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori, qo`mita raisi

2.Oybek Abdushukurov – Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, «PROlogue» xalqaro kinofestivali direktori, prodyuser.

3.Matyoqub Matchonov – O`zbekiston kinoarboblar uyushmasi raisi, aktyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist.

4.Sayyora Xudoyberdieva – O`zbekiston kinematografiyasini rivojlantirish markazi direktori.

5.Fotih Jalolov– «O`zbekfilm» DUK direktori. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist.

6.Bahodir Odilov – “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi». DUK direktori, rejisser. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi.

7.Jaxongir Qosimov – Rejisser. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA