Долзарб мавзулар Foto

​Parijda ro`yxatdan o`tgan Butunjahon jamiyati a`zolari Toshkentda ham ofis ochishni rejalashtirmoqda

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 27.08.2019, 14:21

Uchinchi Xalqaro Kongress kunlari Parijda O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati rasman ro`yxatdan o`tdi.

Jamiyat a`zolari — Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlar olimlari fikricha, ushbu tashkilot sharqshunoslarning Evropada mobil uchrashuvlari uchun ishonchli maydon bo`ladi. Joy tanlovi bejiz emas, chunki Kongress tashkilotchilarining fikricha, u dunyo olimlarining samarali muloqotiga xizmat qiladi.

Aleksandr Naymark, Xofstra (AQSh) universiteti professori:

– Butunjahon jamiyatining tashkil etilgani haqidagi yangilik barchamizni xursand qildi. Endi bizning o`ziga xos uyimiz va yangi rejalar tuzadigan va ishlarimiz natijalarini sarhisob qiladigan maskanimiz bor. Parij markazida ishlash Butunjahon jamiyatini YuNESKO bosh qarorgohi bilan ham bog`laydi, deb ishonaman.

Yangi Jamiyat, shuningdek, xalqaro diplomatiyaning samarali shakli hisoblanadi va xalqlar, mamlakatlar o`rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga, asosiysi esa O`zbekistonning madaniy imidjini dunyo maydonida yuksaltirishgaxizmat qiladi.

Qolaversa, ko`hna Samarqandning Registon maydonida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatimizni o`qib eshittirish chog`ida Butunjahon jamiyatlarining markaziy ofisi Toshkentda ham ochilishi bayon qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA