Долзарб мавзулар Foto

Xalqaro maqomdagi konferensiya xorijliklarda katta taassurot qoldirdi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 27.08.2019, 18:35

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandda YuNESKO shafeligida 26 avgust kuni dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq olimlar ishtirokida o`tgan "Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi" mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O`zbekistonda o`z ko`lamiga ko`ra ancha yirik madaniy voqea – mamlakatimizning Toshkent, Termiz, Buxorova Samarqand shaharlarini qamrab oladigan “O`zbekiston - buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar" mavzusida madaniy meros haftaligi xorijlik mehmonlardan katta taassurot qoldirdi.

Sheril XANTER, Janubiy Kaliforniya to`qimachilik muzeyi assosiasiyasi vakili /Kaliforniya/

– Loyiha o`zining betakrorligi bilan meni lol qoldirdi. Shaxsan o`zim shuni anglab etdimki, O`zbekistonningdunyo bo`ylab tahsinga loyiq. Juda ko`p madaniy meroslari borligiga guvoh bo`ldim. Men o`zim kolleksionerman. Mening kolleksiyamda o`zbek entik to`qimachilik namunalari, xususan, so`zana, XIX asrga taalluqli milliy va zamonaviy matolarning uyg`unlashgan namunalari bor. Loyiha ijodkorlari faqat muzeylardagi faoliyat bilan cheklanib qolmayapti, ular o`zbek madaniy merosini shaxsiy kolleksiyalarida to`plangan insonlar bilan ham hamkorlik qilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA