Долзарб мавзулар Foto

“Sharq taronalari” bosh sovrini — Gran-priga o`zbekistonlik sazovor bo`ldi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 31.08.2019, 17:04

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali yakunlandi.

26-30 avgust kunlari dunyo san`at ahlining bosh sahnasiga aylangan Registondagi amfiteatrda “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali g`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Dastlab, festival qatnashchilari “Eng yaxshi libos va musiqa uyg`unligi”, “Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun”, “Sharq xalqlari musiqa san`ati jonkuyari”, “An`analarga sodiq jamoa”, “Qadriyatlar davomchisi” kabi nominasiyalar bo`yicha taqdirlandi. Samarqand viloyati va shahar hokimligi hamda boshqa tashkilotlarning maxsus mukofotlari topshirildi.

Nominasiya g`oliblariga diplom, 500 AQSh dollaridan pul mukofoti va esdalik sovg`alari topshirildi.

Sahnaga Tojikiston (“Badaxshon” jamoasi) va Rossiya (“Ayarxan” jamoasi)dan kelgan jamoalar hamda O`zbekiston vakillari – Azizjon Abduazimov va Ulug`bek Elmurodzoda taklif etildi. Ularga festivalning uchinchi darajali diplomlari, 2 ming AQSh dollaridan pul mukofoti va esdalik sovg`alari taqdim etildi.

Ikkinchi o`ringa Turkmanistonning “Archabil” va Mo`g`ulistonning “Xatan” jamoalari sazovor bo`ldi. Ularga 3,5 ming AQSh dollaridan pul mukofoti, diplom va boshqa sovg`alar topshirildi.

Festivalning professional xalq musiqa va qo`shiqlari hamda an`anaviy yo`lda ijod qilingan zamonaviy musiqa yoki qo`shiq yo`nalishlari bo`yicha birinchi o`ringa Qirg`izistoning “Qomuzchilar” dueti hamda Ozarbayjondan kelgan Parviz Gasimov munosib, deb topildi. Ularning har biri 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Nihoyat, hayajonli lahzalar boshlandi. Nufuzli hakamlar hay`ati xulosasiga ko`ra, “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri O`zbekiston vakili Mehrinigor Abdurashidovaga berilgani ma`lum qilindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA