Долзарб мавзулар Foto

Shavkat Mirziyoev: "Mustaqillik va istiqlol yo`lidan hech qachon qaytmaymiz!"

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 31.08.2019, 22:13

Bugun «O`zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag`ishlangan bayram tantanasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tadbir ishtirokchilari, ko`pmillatli xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

- Bugun bir haqiqatni katta g`urur va iftixor bilan aytishga to`la asosimiz bor: mard va matonatli xalqimiz qanchalik qiyin va og`ir sinovlarga duch kelmasin, o`zining mustahkam irodasini namoyon etib, o`zi tanlab olgan mustaqillik yo`liga doimo sodiq bo`lib kelmoqda. Bugun O`zbekiston o`z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo`ymoqda, - deya ta`kidladi davlatimiz rahbari.

Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo`nalishlar asosida O`zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Demokratik islohotlar tufayli mamlakatimiz jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallab, faol tashqi siyosat olib bormoqda.

- Biz bugun qanday islohotlarni, qanday o`zgarishlar, qanday yangi loyihalarni amalga oshirayotgan bo`lmaylik, ularning barcha-barchasi yagona, ulug` bir maqsadga qaratilgan. U ham bo`lsa, mana shu mehnatkash, zahmatkash, olijanob xalqimizni rozi qilish, hayotning barcha sinovlarini matonat bilan engib yashayotgan vatandoshlarimizning ishonchini oqlash, og`irini engil qilishdan iboratdir, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari sud-huquq tizimini takomillashtirish, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o`tish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, sanoat va qishloq xo`jaligini modernizasiya qilish borasidagi ishlarning mohiyati va natijalari haqida to`xtaldi. Ijtimoiy rivojlanish bo`yicha o`ziga xos tizim shakllangani, hududlarni obod qilish, aholining hayot sifatini oshirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga katta e`tibor qaratilayotganini ta`kidladi.

- Bugun bir fikrni qat`iyat bilan ta`kidlashni zarur deb bilaman: O`zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Biz mana shu yorug` kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko`zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yo`lidan hech qachon qaytmaymiz! O`z maqsadlarimizga albatta etamiz – kelajagi buyuk O`zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!

Bayram tadbiri san`at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan davom etdi.

Fotolavha:

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA