Долзарб мавзулар Foto

Avtomashina olib qochgan ikki shaxs qo`lga olindi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 04.09.2019, 14:17

2019 yil 30 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Yangier shahri Boyovut tumanida yashovchi 38 yoshli O`.B. IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 14:30dan 15:00gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxslar “Obod yurt” MFY Yangi asr ko`chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Lacetti” rusumli avtomashinasini haydab qochganligini ma`lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani hududidan o`tuvchi M-39 yo`lining 73-km.dan texnik soz holda topilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida yashovchi 21 yoshli Sh.Yu. va 18 yoshli I.B.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA