AsosiyJinoyat

Taqiqlangan dori vositalarini yurtimizga olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi

'Taqiqlangan dori vositalarini yurtimizga olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo`lgan dori vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Almata-Nukus” xalqaro yo`lovchi poezdining yo`lovchilaridan biri, xorijiy fuqaroJ.R.ning yuklari tekshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklarasiyalanmagan hamda bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo`lgan 50 dona “Tramadol lannaxer” nomlidori vositalarini bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotgani fosh etildi.

Shuningdek, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar Sh.O`. va V.N. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmalari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan tarkibida psixotrop moddasi bo`lgan 30 dona “Dexamol” hamda 20 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar