Му5
4

Giyohvand moddalar noqonuniy saqlanayotgan xonadon fosh etildi

Jinoyat 04.09.2019, 18:55
416
Giyohvand moddalar noqonuniy saqlanayotgan xonadon fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “og`u”larni parvarish qilayotgan fuqaroning qilmishlari fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Uzun tumanida yashovchi fuqaro A.A.ning yashash xonadonidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadondagi supurgi o`tlari tagiga yashirilgan uzilgan holatdagi 4 tup nasha giyohvandlik o`simligi va quritishga tayyorlab qo`yilgan 4,7 kilogramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар