Долзарб мавзулар Foto

Talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz to`lov-kontrakt miqdorlarini to`lash imkoni yaratildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 05.09.2019, 22:53

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo`yicha kunduzgi ta`lim shaklida to`lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to`lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Jadvalda kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha to`lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to`lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to`lanishi belgilanayotgan 400 000 so`m, bir yilda jami 4 800 000 so`mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta`lim yo`nalishi bo`yicha to`lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o`quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to`lovlarni amalga oshirishi mumkin:

✅ Stipendiya bilan – 10 792 960 so`m (Mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

✅ Stipendiyasiz – 5 992 960 so`m (10 792 960 so`m - 4 800 000 so`m)

Izoh: 2019/2020 o`quv yilidan boshlab to`lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to`lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so`m etib belgilanadi.

Ma`lumot uchun:

Mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab - 634 880 so`m etib belgilangan. (Asos: O`zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni)
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA