Долзарб мавзулар Foto

MIB 1,5 milliard so`mga yaqin mablag`ni undirib berdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 06.09.2019, 07:13

Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo`limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudining 02.07.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Yuldashev Murat Xudoyberganovichdan undiruvchi A.Usmanov foydasiga 160.000 AQSh dollari miqdorida jinoiy zarar undirish to`g`risidagi ijro hujjati 2019 yilning 22 iyul kuni kelib tushgan.

Shu kunning o`zida taraflarga ijro ishini qo`zg`atish to`g`risida qaror yuborilgan. Belgilangan ixtiyoriy muddat o`tgandan so`ng majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida 2019 yil 17 avgust kuni qarzdor M.Yuldashevdan undiruvchi A.Usmanov foydasiga jami 1 mlrd. 449 ming 760 so`m miqdorida jinoiy zarar undiruvchining tilxatiga asosan amalda to`liq undirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA