Долзарб мавзулар Foto

Yashirilgan atirlar “yashil yo`lak” o`tolmadi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 06.09.2019, 13:06

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Qarshi aeroport” chegara bojxona postida “yashil yo`lak” orqali harakatlangan fuqaro J.D. ning qo`l yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, deklarasiyada ko`rsatilmagan va og`zaki savol-javob davomida ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 5,3 million so`mlik 72 dona atir-upa tovarlarini mamlakatimizga olib kirayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, “Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaro R.M. tomonidan ham me`yoridan ortiqcha bo`lgan
64 dona turli nomdagi atirlarni olib kirishga bo`lgan urinish o`z vaqtida fosh bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA