Долзарб мавзулар Foto

Sudda xo`roz g`olib bo`ldi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 07.09.2019, 09:45

Morislaqabli fransuz xo`rozi shahar odatlari va qishloq an`analari to`qnashuvining timsoliga aylandi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

O`z dala hovlisida hordiq chiqarish uchun kelgan Jan- Lui Biron qo`shinisining xo`rozi har tong qichqirib uning uyqusiga halal qilgani uchun da`vo arizasi bilan sudga murojat qildi. Hamda xo`rozning qichqirishini taqiqlashni talab qildi. Ishni ko`rib chiqqan Roshfor sudi esa tarixiy qaror qabul qilib, Morisga qichqirishda davom etishga ruxsat berdi. Ushbu xo`rozning egasi Korinn Fesso mazkur qarordan benihoya mamnun bo`ldi. So`nggi vaqtlarda Fransiya yirik megapolislari aholisi qishloq joylardan uy sotib olishmoqda.

Megapolislar shovqinidan forig` bo`lish va dam olish maqsadida qishloq joylarga ko`chib kelayotgan shaharliklarning aksariyati bu kabi o`ziga xos sinovlarga ko`pincha asablari dosh bermayapti. Sud jarayoni davomida Morisni himoya qilib elektron petisiya ham paydo bo`ldi. Baxtsiz xo`rozni turli mamlakatlardan 140 mingga yaqin kishi qo`llab- quvvatladi. Roshfor Sudi nafaqat xo`rozni yoqlab hukm chiqardi. Shu bilan birga da`vogar zimmasiga Morisning egasiga kompensasiya to`lash majburiyatini yukladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA