Долзарб мавзулар Foto

Xitoyda sodir bo`lgan zilzilada jabrlanganlar soni 63 kishiga etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 09.09.2019, 12:37

Xitoy janubi-g`arbidagi Sichuan provinsiyasida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. So`nggi ma`lumotlarga qaraganda er silkinishlari sababli jabrlanganlar soni 63 kishiga etgan, 2,4 mingdan ortiq kishi evakuasiya qilindi.

Zilzila yakshanba kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 06.42 da Veyyuan hududida sodir bo`lgan. Uning o`chog`i 10 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda.

Zilzila 63 aholi yashash punktida vayronagarchilikni yuzaga keltirgan. 10 mingdan ortiq odam falokat hududida bo`lgan, ularning deyarli barchasi u yoki bu darajada moddiy zarar ko`rgan. 132 ta bino butunlay vayronaga aylandi, 161 bino esa jiddiy shikastlangan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA