British Airways aviakompaniyasi uchuvchilari oylik maoshlariing oshirilishi va mehnat sharoitlarining yaxshilanishini talab qilib ish tashlash aksiyalarini o`tkazishmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Ushbu jarayon ikki kun davom etishi mumkinligi haqida aytilmoqda. Shu munosabat bilan kompaniya dushanba va seshanba kungi reyslarning aksariyatini bekor qilishga majbur bo`lmoqda. Aviakompaniya ikki mingga yaqin parvozlarni bekor qilgan. Bu esa 290 ming nafarga yaqin yo`lovchilarning rejalariga ta`sir etmoqda. Kompaniya rahbariyati va uchuvchilar kasaba uyushmasi muzokaralar o`tkazishga tayyor, biroq kompaniya rahbariyati yangi takliflar bilan chuqqunga qadar bu jarayon ortga surilishi ma`lum qilindi.
Bundan avvalgi muzokaralar davomida kompaniya rahbariyati uchuvchilar oylik maoshini kelasi uch yilda 11,5% oshirishni bildirgan edi. Biroq kasaba uyushmalari iyul oyida ushbu taklifni rad etishgandi. Hisob–kitoblarga ko`ra, bir kunlik ish tashlash aviakompaniyaga 40 million funt sterlingga tushmoqda.