Долзарб мавзулар Foto

Toshkentda “Reabilitologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar, istiqbollar – 2019” mavzuida I Milliy respublika konferensiyasi bo`lib o`tdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 10.09.2019, 14:40

Bugun, 10 sentyabr kuni Toshkent shahrida “Reabilitologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar, istiqbollar – 2019” mavzuida I Milliy respublika konferensiyasi bo`lib o`tdi. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hamda "Rossiyskiy eksportny sentr" AJ ko`magida tashkil qilindi. Unda bemorlarni reabilitasiya qilish bo`yicha Rossiyaning eng so`nggi raqamli kompyuterlashtirilgan tizimidan foydalangan holda, O`zbekiston reabilitasiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi. Ushbu tizim Rossiya fanlar akademiyasi Akademigi Konstantin Lyadov rahbarligidagi ilmiy guruh boshchiligida «MedInvestGrupp» kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan. O`zbekistonda mazkur ishlanmani nevrologiya, kardiologiya, travmatologiya yo`nalishlari bo`yicha amaliyotga tadbiq etish rejalashtirilgan.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasida so`nggi yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanish va uning tezkorligini oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Tashxiz qo`yish va davolashning zamonaviy uslublari joriy etilmoqda, bemorlarga taqdim etilayotgan xizmatlar sifati oshdi. Biroq, erishilgan natijalarni saqlab qolish bilan birga bemorlarni tiklash ham zarur masalalardan biridir.

Muammoning nechog`liq muhim ahamiyatga egaligini statistik ma`lumotlar ham tasdiqlaydi. Ma`lumki, O`zbekistonda har yili insult bilan kasallangan 46 ming nafarga yaqin bemorlar, bosh miya jarohatlaridan keyingi 13 ming nafarga yaqin bemorlar reabilitasiyaga muhtoj. Respublikamizda reabilitasiya muolajalariga bajarilishi kerak bo`lgan 700 ming nafar nogironligi bo`lgan shaxslar istiqomat qilishmoqda. Ayni paytda, amaldagi reabilitasiya markazlarining o`tkazish quvvati esa – atigi yiliga 20 ming nafar bemorga xizmat ko`rsatish bilan cheklanib qolgan. Shu bois, Prezidentimizning 2018 yil 30 avgustda qabul qilingan “Aholiga nevrologik yordam ko`rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, ushbu sohada jahondagi eng yaxshi tajribani hisobga olgan holda, reabilitasiya tizimini kompleks tarzda isloh qilish to`g`risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, reabilitasiya jarayonida eng so`nggi kompyuter, simulyasion va robotlashtirilgan texnologiyalardan foydalanishga urg`u berish zarur, degan to`xtamga kelindi. Chunki, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etmasdan, qisqa muddatda reabilitasiyaga muhtoj bo`lgan bu qadar ko`p sonli bemorlarni davolash va hayotga qaytarish imkonsizdir.

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxasslari birinchi bosqichda xorijiy mutaxassislarning reabilitasiya tizimini modernizasiyalashga oid qator takliflarini ko`rib chiqdilar. Ular orasida Rossiya fanlar akademiyasi Akademigi Konstantin Viktorovich Lyadov rahbarligidagi ilmiy guruh boshchiligida «MedInvestGrupp» kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan ishlanma ayniqsa, ularning e`tiborini tortdi.

“Ushbu konferensiya O`zbekiston oldida turgan juda muhim muammolarni hal etishga chaqirilgan - deb ta`kidlaydi akademik Lyadov. – Konferensiyada biz butun dunyoda qo`llanadigan zamonaviy qo`llanma va texnologiyalarni namoyish qildik.Shuni ta`kidlash kerakki, so`ngi yillarda tibbiyot neyroxirurgiya, kardiologiya, travmatologiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erishdi. Bizning vazifamiz — ularni O`zbekiston bo`ylab tatbiq etib, ularning qaysilari O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash markazi tartibiga kiritish uchun maqbul ekanligini birgalikda muloxaza qilishdir. Bugungi kunda insonlarning ko`pchiligi jamiyatga va hayotga qaytish uchun bizning harakatlarimizga muxtoj. Reabilitasiya — bu sog`liqni saqlash vazirligi vazifalarining deyarli ajralmas jabxasi hisoblanadi. Agar biz o`z oldimizga bemorni mukammal darajada davolashni maqsad qilib qo`ygan bo`lsak, biz shunchaki jarroxlik amaliyotini o`tkazish, yoki insultni davolash bilan chegaralanib qolmasdan, qanday qilib bemorni qayta tiklash — o`z oilasiga, jamiyatiga qaytishiga, o`z o`ziga hizmat qilishiga, bemalol mehnat qilishiga yordam berishni o`ylashimiz lozim. Bitta so`z bilan aytganda jismoniy va aqliy etuk inson qilib qayta tiklash nazarda tutilmoqda. Bu erda jaroxat olingandan keyin zudlik bilan reabilitasiya muolajalarini o`tkazish lozim. Reabilitasiya qanchalik tez olib borilsa, bemor shunchalik tez va yaxshiroq tiklanadi».

O`zbekistonlik mutaxassislar reabilitasiya jarayonini optimallashtirish bo`yicha qator mamlakatlarning bir necha takliflarini o`rganib chiqdilar. Biroq ular aynan Rossiya ishlanmasiga o`z qiziqishlarini bildirdilar, chunki ushbu yangi texnologiya foydalanish uchun mutlaqo tayyor loyiha sanaladi. Biz hamkasblarimizga turli harakatlarda qo`llanilishi mumkin bo`lgan trenajyorlar to`plaminigina emas, umumiy dasturiy ta`minotga birlashgan kompleks tizimni taklif etamiz. Ushbu tizim ko`p sonli bemorlarni tez va kam harajatlar bilan samarali reabilitasiya qilish jarayonini tashkillashtirish imkonini beradi. Loyihaning yana bir afzalligi – unda instruktorlarni tez o`qitish imkoniyati mavjud. Mazkur tizimdagi ish jarayonida reabilitasiya markazlaridagi an`anaviy ish sxemasiga qaraganda, uch baravar kam mutaxassislar jalb qilinadi.

“Konferensiyada biz O`zbekistondagi eng yangi texnologiyani — K.Lyadov boshchiligidagi ilmiy guruh bilan hamkorlik maxsulotini namoyish etdik, - deb ta`kidladi Rossiyaning “Ortorent” MChJ bosh direktori Oleg Velikov. – ushbu metodikaning chet ellik analoglardan qanday afzallik tomonlari mavjud? Birinchidan — uning yordamida oldimizga qo`yilgan vazifalarni minimal xarajatlar bilan unumli darajada bajarish mumkin. Ikkinchidan, uning qo`llanish spektirining kengligi. Ushbu uskunni turli hil nevrologik kasalliklarga, bosh miya kasalliklari, orqa va boshqa jismoniy jaroxatlardan kelib chiqqan kasalliklarga uchraganbemorlar bilan reabilitasiya muolajalarini o`tkazishda qo`llash mumkin. Internetning yaxlitligidan foydalangan holda insonlarning yordamisiz jixozning ishlash zanjirini ishlab chiqish mumkin. Bu esa quyidagi toifadagi kasalliklarni davolashda juda ham qulay.

Konferensiyada ko`rib chiqilgan asosiy maqsadlardan biri — O`zbekiston Respublikasidagi zamonaviy reabilitasiya jixozlarning saviyasini aniqlash. Respublikamizda reabilitiasiyaning qaysi yo`nalishlari mashxur? Ushbu toifadagi jixozlardan yonimizga qo`yligan masalalarni hal qilishda qay turlari va qanday xajmda kerak? Ushbu va boshqa masalalar bugungi tadbir davomida muloxaza etiladi. Konferensiya natajida O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi muttaxasislaridan tashkil topgan gurux reabilitasiya soxasidagi asosiy va xalqaro masalalarni ko`rib chiqishadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu loyihani amalga oshirishda kerak bo`ladigan jihozlar ta`minotini qondirishda kerak bo`ladigan jihozlar soni aniqlanadi.”

Rossiyalik olimlar bemorlar bilan mashg`ulotlar o`tkazish uchun mo`ljallangan maxsus uskunalar to`plamini emas, raqamlashtirish bo`yicha jahondagi eng dolzarb ishlanmalarga asoslangan, butun respublikamizda reabilitasiya jarayonini tashkil qilishning raqamli kompyuterlashgan tizimini taqdim etdilar. Muqobili bo`lmagan mazkur kompleks tizim ko`p sonli bemorlarni tez, samarali va eng kam harajatlar bilan reabilitasiya qilishni tashkillashtirish imkonini beradi va O`zbekiston reabilitasiya markazlarining o`tkazuvchanlik qabiliyatini ancha oshiradi.

Ushbu tizim shuningdek, bemorlar bilan ishlashda xodimlar etishmovchiligi muammosini bartaraf etishga ham yordam beradi. Bu instruktorlarni o`qitish va qayta o`qitish jarayoni to`liq tashkillashtirish orqali ta`minlanadi. Bunda odatdagi reabilitasiya tizimida mehnat qiladigan mutaxasssislarga qaraganda, ancha kam xodim talab etiladi. Xususan, yangi tizimda multidissiplinar brigadalar talab etilmaydi, chunki sun`iy intellekt bemorlarning ahvolini baholaydi, har bir bemor uchun alohida davolash kursini tanlab beradi. Tibbiy hujjatlarni tahlil qilish jarayoni ham avtomatlashgan. Bemorni tiklash jarayoni esa, Rossiyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan va Rossiyada ishlab chiqarilgan maxsus kompyuterlashgan trenajyorlar to`plami yordamida amalga oshiriladi.

Bemorlar uchun marshrutlarni belgilash bo`yicha ham maxsus dastur ishlab chiqilgan bo`lib, bu jadalshashtirilgan reabilitasiya dasturi va trenajyor vaqtidan samarali foydalanishni ta`minlaydi. Ya`ni taklif etilgan tizim turli patologiyalari bilan kelgan bemorlarni reabilitasiya qilish muammosini har tomonlama hal etish imkonini beradi.

Bugungi kunda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu raqamli ishlanmani O`zbekistonda nevrologiya, kardiologiya, travmatologiya yo`nalishlari bo`yicha amaliyotga tadbiq etish imkoniyatlarini ko`rib chiqmoqda.

O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasi bilan faol hamkorlik qilib kelayotgani ham ijobiy omillardan sanaladi. Rossiya eksport markazi ushbu loyihani moliyalashtirishda ko`mak berishga tayyor ekanini bildirdi. Bu bemorlarni tiklash bo`yicha amalga oshiriladigan davolash ko`rsatgichlarini davlat darajasida yaxshilashi mumkin.

Tashkil etilgan konferensiyaning bosh vazifasi yurtimiz reabilitologlariga yangi ishlanmaning o`ziga xos xususiyatlari to`g`risidagi ma`lumotlarni etkazish, o`zbekistonlik mutaxassislarning reabilitasiya sohasidagi asosiy talablarini aniqlash hamda ushbu yo`nalishni rivojlantirish bo`yicha ishchi guruhini shakllantirishdan iboratdir.

Mazkur anjuman bemorlarni tiklashga qaratilgan davolash tizimidagi eng muhim yangiliklarni muhokama qilish va eng yangi texnologiyalar taqdimoti bilan tanishish uchun o`ziga xos maydoncha bo`ldi. Bu yaqin orada O`zbekiston Respublikasida bemorlarni reabilitasiya qilishga bo`lgan yondashuvni tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA