Му5
4

Yomon bahoga o`qigan talaba stipendiyadan mahrum bo`ladi

Jamiyat 10.09.2019, 14:46
381
Yomon bahoga o`qigan talaba stipendiyadan mahrum bo`ladi

Endilikda barcha talabalar bir xil miqdorda stipendiya olishi haqida xabar berilgan edi.

Lekin yaxshi o`qigan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bo`lgan talabalarga OTM rektorlari tomonidan stipendiyaning 50%igacha (200 ming so`mgacha) miqdorda qo`shimcha rag`batlantirish tartibi joriy qilinadi. Bunday qo`shimcha stipendiyani kimga berishni rektorlar hal qiladi, deya yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev.

Davlat grantida o`qiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30%dan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo`ladi.

Prezident va nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi.

Шарҳлар