Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston delegasiyasi Sankt-Peterburgda qator turistik va madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 10.09.2019, 16:02

O`zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan respublikamizning vazirlik va idoralari, davlat muassasalari va NNT vakillari, ko`zga ko`ringan madaniyat va san`at arboblaridan iborat delegasiya Sankt-Peterburgda bo`ldi.

Tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasi Sankt-Peterburg ma`muriyati, O`zbekiston Respublikasi konsulligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Sankt-Peterburg Turizmni rivojlantirish qo`mitasi va RF federal mehnat va bandlik xizmati vakillari bilan qator uchrashuvlar o`tkazdi.

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakili Sankt-Peterburg turistik markazida loyihalarni rivojlantirish bo`yicha direktor o`rinbosari va rossiyalik turoperatorlar bilan uchrashdi hamda O`zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotini o`tkazdi. Uchrashuv yakuniga ko`ra, markaz rahbariyati bilan hamkorlik bitimini tayyorlash va qo`shma loyihalarni ishlab chiqishga doir kelishuvga erishildi. Shuningdek, o`sha erning o`zida “Meandr” restavrasion-qurilish kompaniyasining salohiyatli investorlari bilan B2B uchrashuvlar o`tkazildi. Tadbir davomida “Meandr” tomonidan qadimiy obidalar, tarixiy binolarni restavrasiya qilish hamda O`zbekistonda mehmonxonalar qurish bilan bog`liq loyihalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi so`nggi 8 oy ichida O`zbekistonga 2000 sayyohni yo`llagan yirik “Aerotur” turistik kompaniyasi vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuv so`nggida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda “Aerotur” kompaniyasi o`rtasida O`zbekistonga kirish turizmini rivojlantirishga doir Hamkorlik memorandumi imzolandi. 6 sentyabr kuni delegasiyamiz vakillari Sankt-Peterburgdagi turli qurilish-ishlab chiqarish maydonlarida bo`lib, o`zbekistonlik mehnat migrantlari bilan suhbatlar o`tkazildi.

Jumladan, «Laxta-sentr» ijtimoiy-biznes kompleksining qurilishiga jalb qilingan «Renaissance Construction»ning 140 nafar ishchisi hamda 40 ayoldan iborat tikuv sex xodimlari bilan uchrashildi. Tadbirlarda O`zbekiston delegasiyasi vakillari yig`ilganlarni Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan tabriklab, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va zamonaviy O`zbekistonning yutuqlari haqida ma`lumot berdi hamda yoshlarni bilim olishga chorlashdi. Shuningdek, delegatlar Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat temir yo`l universitetida bo`lib, o`zbekistonlik talabalar bilan ham uchrashishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA