Му5
46

Qoraqalpog`istonda yashirin ulanish fosh qilindi

Jinoyat 11.09.2019, 09:40
445
Qoraqalpog`istonda yashirin ulanish fosh qilindi

Majburiy ijro byurosi Xo`jayli tumani bo`limining tezkor xodimlari tomonidan tumandagi iste`molchilar tomonidan “elektr energiyasidan foydalanish tartibi”ga rioya qilish ahvoli yuzasidan nazorat tadbiri o`tkazildi.

O`tkazilgan tekshirishda tumandagi “Obod” mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi fuqaro I.Primbetov o`z uyining tomi shiferi ostidan, kranshteyn orqali elektr hisoblagich borib turgan kabelga, ya`ni umumiy foydalanish elektr tarmog`iga yashirin ravishda, hisoblagichdan tashqari to`g`ridan-to`g`ri ulanib olib, uyining oshxonasiga ko`z bilan anglanmaydigan, yashirin yo`l bilan devor orasidan tortilgan kabel orqali rozetka ulab, uydagimaishiy texnikalardanfoydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Aniqlanishicha, fuqaro bu qilmishi oqibatida ta`minotchi korxona manfaatlariga jami 26 mln. 280 ming so`m miqdorida zarar etkazgan.

Hozirda fuqaro I.Primbetovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan surishtiruv harakatlari olib borilib, to`plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha sudga yuborilgan.

Шарҳлар