42

MIB xodimiga shikast etkazgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 11.09.2019, 11:20
205
MIB  xodimiga shikast etkazgan fuqaroga  jinoyat ishi ochildi

MIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan o`z vazifaarini bajarishda qarshilik ko`rsatish holatlari ham afsuski, uchramoqda.

Ayrim fuqarolarimiz hanuzgacha maslaniqarshilik ko`rsatish orqali hal etish mumkin deb o`ylashmoqda.

Misol uchun, 2019 yil 16 avgust kuni soat 14.10 larda Bosh prokuratura huzuridagi MIB Quva tuman bo`limi davlat ijrochisi O`.To`lqinjonov ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 19.12.2011 yildagi qarzdor M.Xojimatovdan da`vogar M.Xodjimatovaning foydasiga ikki nafar farzandlari ta`minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta`minlash maqsadida M.Xodjmatovning Quva tumani, Soykeldi mahalla fuqarolar yig`ini, Soykeldi ko`chasi 45-uyga boradi.

O`z xizmat vazifasini bajarayotgan O`.To`lqinjonovga ya`ni, hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatib, yashash xonadonidan temir jism olib chiqib, temir jism bilan uni oyog`iga urib o`rtacha og`irlikda tan jarohati etkazgan.

Natijada O`.To`lqinjonovga o`rtacha og`irlikdagi shikast etkaziladi.

Mazkur xolat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Комментарии