Му5
48

​Olibqochdievning sayyor qabuli (Feleton)

Mutolaa 13.09.2019, 17:18
786
​Olibqochdievning sayyor qabuli (Feleton)

Mahallada Olibqochdievning sayyor qabuli o`tmoqda. Odamlarning muammolari to`planib qolganmi, ishqilib zal liq to`la.
Va`daberdi Olibqochdiev dedi:
- Hurmatli mahalla ahli, oldindan aytib qo`yay, bo`lar-bo`lmas savollar berib boshimni qotirmang, muammolaringiz hal bo`lmay qolsa, men aybdor bo`lib qolmay.
Chap qatorda o`tirgan ayollardan biri qo`lini ko`tardi:
- Bolam, men sizga to`rtinchi marta murojaat qilayapman. Biz aytgan suv yo`lini qachon hal qilib berasiz? Bog`larimiz qurib qolayapti.
Mahalla raisi o`rnidan turdi:
- Otaxon, muammoni hal qilish uchun arxitektura va kadastr idoralari mutaxassislari kelishi kerak edi. Yuz marta aytdim, hatto o`zingiz ham aytgandingiz, – dedi mahalla raisi.
- Takasaltanglar! Nimaga kelishmaydi? – dedi Olibqochdiev o`rinbosariga o`qrayib. – Uchastkavoyga ayting, darhol ikkalasining ham oyog`ini erga tegizmay olib kelsin!..
Xo`sh, yana kimda qanday muammo?
- Menda, – dedi raqqosa Tannozxon ko`zlarini o`ynatib, – mahalla raisi ishga umuman kelmaydi. Muhrniyam o`zi bilan olib yuradi. Yo`lini poylab o`tiramiz. Qaerga ketdi, desak, kotibi qo`shni qishloqdagi “Obod mahalla”da deydi. Bu sizning buyrug`ingiz emish.
Ayb o`ziga to`nkalayotganidan Olibqochdievning rangi tundlashdi – keyin mahalla raisiga yuzlanib:
- Tushgacha “Obod mahalla”da bo`l, undan keyin odamlarning qog`ozlariga muhr bosib ber! Xo`sh, yana kimda qanday...
Mahallaning eng yoshi ulug`i Saksonboy ota hassasini to`qqilatib, o`rnidan turdi.
- Tabiiy gaz so`rab keldim. Shunga yordam berib, duomizni olsangiz, aslo kam bo`lmaysiz.
- Qabul boshlanishida aytmoqchi edim, - dedi Olibqochdiev, - tabiiy gaz, elektr chiroqlarining o`chirilishi, yo`l va toza ichimlik suvi haqida savol bermanglar. Boboy, tabiiy gaz berish qiyin. Piyoda u yoqda tursin, otliqqa ham yo`q...

(Feletonning davomini "Darakchi" gazetasining 38-sonida o`qiysiz).

Karikatura muallifi: H.Sodiqov.

Шарҳлар